14:19 / 31.03.2017
5 930

O‘zbekistonlik talabalar “SoccerBots” robotini yaratishdi

O‘zbekistonlik talabalar “SoccerBots” robotini yaratishdi
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari yangi “SoccerBots” robotni yaratishdi. “SoccerBots” RoboSport uchun ishlab chiqilgan kirish loyihasi bo‘lib, uning asosiy maqsadi yoshlarning robototexnika va dasturlashga nisbatan qiziqishlarini uyg‘otishdir, deb yozadi Kun.uz nashri.

Mazkur o‘yinda har bir jamoada bittadan to‘rttagacha ishtirokchi qatnashishi mumkin. Har bir ishtirokchi bitta robotni masofaviy konroller yordamida Wi-Fi texnologiyasi orqali nazorat qiladi.

O‘yindan asosiy maqsad esa jamoalar raqib darvozasiga gol kiritishdan iborat bo‘lib, raqiblariga nisbatan ko‘proq gol kiritgan jamoa bellashuvning g‘olibiga aylanadi. Darvozalar infraqizil sensorlar bilan yoritilib, ular yordamida koptok darvozaga kiritilgani aniqlanadi. Urilgan gollar hisobi maxsus svetodiod matrisada o‘z aksini topadi.

“SoccerBots” loyihasi Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari Toshpulatov Davronbek, Ishmuhamedov Boriyxon, Umarov Sardor, Adilov Nuriddin va Yakubov Abdulaziz tomonidan ishlab chiqilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonlik talabalar “SoccerBots” robotini yaratishdi