
Kompaniya vakillarining tushuntirishicha, hojatxonalardagi piktogrammalar yangi avatarkaning yaratilishida ilhom vazifasini bajardi, chunki «ayol va erkak o‘rtasidagi yagona farq – ularning kiyimida».

Twitter rahbariyati shu yo‘l bilan foydalanuvchilarni o‘z suratlarini ishlatishiga undamoqchi. Shunigdek, kompaniya vakillarining ma’lum qilishicha, «tuxumlar» ko‘rinishi «nafis va quvnoq» bo‘lgani uchun aksariyat foydalanuvchilar ularni o‘zgartirmaydi.

Bu so‘nggi bir necha kun ichida Twitter’da joriy etilgan yagona yangilik emas. 30 martdan e’tiboran tvitga javob berayotganda suhbatdoshning taxallusi 140 belgi ichida inobatga olinmasligi e’lon qilingan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar