Google moliya bozorini egallashga kirishdi: Android uchun maxsus ilova taqdim etildi

Google korporatsiyasi moliya va investitsiyalar olamida oʻz pozitsiyasini mustahkamlash maqsadida Android operatsion tizimi foydalanuvchilari uchun Google Finance alohida mobil ilovasini ishga tushirdi. Mazkur qadam texnologik gigantning nafaqat axborot qidiruvi, balki professional moliyaviy tahlil va aktivlarni boshqarish sohasida ham yetakchilikka intilayotganidan dalolat beradi. Endilikda foydalanuvchilar real vaqt rejimidagi bozor maʼlumotlari va shaxsiy investitsiya portfellarini yagona platformada kuzatib borishlari mumkin. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.
Ilovaning asosiy funksiyalaridan biri — sunʼiy intellekt asosida ishlovchi “Key Moments” (Muhim lahzalar) xususiyatidir. U aksiyalar narxi nima sababdan oʻzgarayotganini tushuntirib beradi va bozorning eng muhim tendensiyalarini tahlil qiladi. Shuningdek, ilova orqali jonli moliyaviy yangiliklarni kuzatish va foydalanuvchining shaxsiy qiziqishlariga moslashtirilgan kuzatuv roʻyxatlarini (watchlist) boshqarish imkoniyati mavjud.
Sunʼii intellekt va yangi imkoniyatlar
Google Finance veb-versiyasi ham sezilarli darajada yangilandi va beta-test bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtdi. Endilikda butun dunyo boʻylab foydalanuvchilar oʻz investitsiya portfellarini (portfolios) yagona boshqaruv panelida koʻrishlari mumkin. Mavjud portfellar avtomatik ravishda yangi tizimga oʻtkaziladi, yangilarini esa fayl yuklash yoki chatbotga oddiy matn orqali investitsiyalar haqida maʼlumot berish orqali yaratish mumkin.Sunʼii intellekt imkoniyatlari foydalanuvchilarga oʻz portfellarini chuqurroq tahlil qilishga yordam beradi. Masalan, foydalanuvchi chatbotdan “Mening portfelimda qaysi sektorlar yetarli darajada ifodalanmagan?” deb soʻrashi mumkin. Sunʼii intellekt nafaqat savollarga javob beradi, balki bozor oʻzgarishlari boʻyicha tahliliy brifinglar tayyorlash yoki aktivlar unumdorligi haqida qisqacha xulosalar berish kabi vazifalarni avtomatik tarzda bajaradi.
Raqobat va kelajakdagi rejalar
Google Finance mobil ilovasining chiqarilishi Yahoo Finance va Robinhood kabi ommabop moliya platformalariga toʻgʻridan-toʻgʻri raqobat tugʻdiradi. Google shunchaki aksiyalar narxini koʻrsatuvchi servisdan toʻliq qonli moliya ekotizimiga aylanishni maqsad qilgan. Yaqin oylarda ilovaga kompaniyalarning choraklik hisobot yigʻilishlarini (earnings calls) jonli efirda tinglash funksiyasi ham qoʻshilishi kutilmoqda.Hozircha ilova faqat Android foydalanuvchilari uchun mavjud boʻlsa-da, kompaniya yaqin oylarda iOS versiyasini ham chiqarishni vaʼda qilmoqda. Veb-versiyada taqdim etilgan barcha sunʼii intellekt funksiyalari tez orada mobil ilovaga ham integratsiya qilinadi. Bu esa oʻzbekistonlik investorlar va moliya ixlosmandlari uchun ham jahon bozorlarini kuzatishda qulay va zamonaviy vositaga aylanadi.































Izohlar 0
…