Tesla kompaniyasi Gigafactory zavodi qurilishi haqidagi ma’lumotlar bilan bo‘lishishda davom etmoqda. Kuni-kecha zavod qurilayotgan joydan olingan 2 ta yangi surat chop etildi. Suratlardan qurilishning jadal sur’atlar bilan borayotganini ko‘rish mumkin, deb yozadi Kun.uz nashri.
Zavoddagi barcha ishlab chiqarish xonalarining umumiy maydoni 456 ming kvadrat metrni tashkil qiladi. Korxonada 6 mingga yaqin kishi ishlaydi.
Kompaniya zavodni elektr energiya bilan mustaqil ta’minlamoqchi. Buning uchun zavod tomi to‘liq quyosh batareyalari bilan qoplab chiqiladi. Shuningdek, zavod perimetri bo‘yicha qo‘shimcha quyosh panellari o‘rnatiladi. Bu panellar beradigan umumiy elektr energiya miqdori 70 MVt ni tashkil qiladi.
Zavod o‘zini suv bilan ham mustaqil ta’minlashni rejalashtirmoqda. Bu maqsadda uning hududida yopiq suv ta’minoti tizimi quriladi. Bu tizim evaziga zavod 6 ta tozalash darajasidan o‘tgan suv oladi va shu tariqa ishlab chiqarish uchun zarur bo‘ladigan chuchuk suvning 80 foizini tejaydi. Kelajakda elektr energiyani samarali tejashga imkon beruvchi zamonaviy iqlim nazorati tizimini o‘rnatish rejalashtirilgan.
Kompaniya vakillari zavod 2020 yilgacha to‘liq quvvat bilan ishga tushishiga umid qilishmoqda. Shunda zavod Tesla elektromobillariga batareyalar va Powerwall akkumulyatorlari ishlab chiqara boshlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi