16:36 / 01.06.2015
7 562

Apple ning 200 ming dollarlik noyob kompyuterini utilizasiyaga topshirib yuborgan ayol qidirilmoqda

Apple ning 200 ming dollarlik noyob kompyuterini utilizasiyaga topshirib yuborgan ayol qidirilmoqda

AQShdagi Kremniy vodiysida joylashgan Utilizasiya markazi Apple ishlab chiqargan ilk shaxsiy kompyuterlaridan biri bo‘lgan noyob kompyuterni chiqindi sifatida topshirib yuborgan ayolni qidirmoqda, deb yozmoqda Kun.uz. Ushbu Apple I rusumidagi kompyuterning narxi 200 ming dollarga yaqinni tashkil qiladi, deb xabar bermoqda kompaniya.

SanJoseMercuryNews nashrining yozishicha, ayol o‘z erining o‘limidan keyin uyini tozalayotgan paytda eriga tegishli bo‘lgan elektronika solingan bir nechta qutini utilizasiyaga topshirib yuborgan. Chiqindilar orasida Apple I kompyuteri ham bo‘lgan. Bu kompyuter yaqinda shaxsiy kolleksiyalardan biriga sotib yuborildi. Shu munosabat bilan utilizasiya kompaniyasi ayolga ushbu kompyuter uchun 100 ming dollar berishga tayyorligini aytmoqda.

Apple I kompyuteri Apple asoschilari Stiv Jobs, Stiv Voznyak va Ron Ueyn tomonidan yaratilgan shaxsiy kompyuterning ilk modellaridan hisoblanadi. Kompyuter 1976 yilda 200 dona miqdorida ishlab chiqarilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple ning 200 ming dollarlik noyob kompyuterini utilizasiyaga topshirib yuborgan ayol qidirilmoqda