Zamonaviy tibbiyotda o‘z vaqtidagi diagnostika va monitoring o‘ta muhim o‘rin tutadi. Biroq aksariyat xastaliklar sog‘liq holatini doimiy kuzatib turish uchun ancha murakkab qurilmalarni talab etadi. Hayot sifatini yaxshilash maqsadida borgan sari aqlliroq bo‘lgan gadjetlar ishlab chiqarilmoqda. Yaqinda esa yurak ishlashi ko‘rsatkichlarini qayd etadigan “aqlli futbolka” nusxasi taqdim etildi. Shunisi qiziqki, uni Rossiyaning Chelyabinsk shahridagi 97-lisey o‘quvchisi yaratdi, deb yozadi "Kun.uz" nashri.
EKG-futbolka ancha qiziq tarzda yaratilgan bo‘lib, unga maxsus mikrochipga ega tok o‘tkazuvchi mato asos qilib olingan. U yurak mushaklari qisqarish jarayonida kelib chiquvchi turli holatlarni ro‘yxatga olib boradi. Olingan ma’lumot esa real vaqt rejimida smarfonga kelib tushadi. Smartfonda o‘rnatilgan ilova kelib tushayotgan ma’lumotlarni kuzatib boradi hamda foydalanuvchiga normal holatdan biroz chetlashish qayd etilsa, kardiologga murojaat etishni tavsiya qiladi. Futbolkalar yaqin vaqt ichida ishlab chiqarilishi mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi