Mask Grok Imagine neyrotarmog'ining yangilangan versiyasini taqdim etdi

Ilon Mask tasvirlar va videolar yaratishga mo‘ljallangan Grok Imagine neyrotarmog‘ining yangilangan versiyasini taqdim etdi. Yangi modelda nutq davomida lab harakatlari va ovoz mosligi takomillashtirilib, sun’iy intellekt mahsulotlarini haqiqiy tasvirlardan farqlash qiyinlashgan. Shuningdek, tizimga tasvirlarni animatsiya qilish, videolarni aqlli davom ettirish va nutqni matnga aylantirish (STT) kabi yangi funksiyalar qo‘shildi. Maskning ta’kidlashicha, ushbu neyrotarmoq endilikda qisqa matnli so‘rovlar asosida yuqori sifatli kinematografik videolar yaratish imkoniyatiga ega.
Ilon Mask o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida tasvirlar va videoroliklar yaratishga mo'ljallangan Grok Imagine sun'iy intellekt modelining yangilangan versiyasi chiqqanini e'lon qildi. Endilikda tizim nutq davomida lab harakatlarini ovoz bilan yanada aniqroq moslashtiradi va realistik tovushlarni qo'shadi. Bu esa sun'iy intellekt tomonidan yaratilgan feyk videolarni haqiqiy tasvirlardan deyarli farqlab bo'lmaydigan darajaga yetkazdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Mask o'zi e'lon qilgan videorolikda birorta ham real kadr yo'qligini, barcha tasvirlar to'liq neyrotarmoq mahsuli ekanini alohida ta'kidlab o'tdi. Bir necha kun avval Grok Imagine modeliga tasvirlarni animatsiya qilish va ularni yagona sahnaga birlashtirish imkoniyati qo'shilgan edi. Shuningdek, xAI kompaniyasi videoroliklarni aqlli tarzda davom ettirish funksiyasini ham joriy etgan.
Bundan tashqari, xAI jamoasi Grok 4.3 yangilanishini taqdim etib, unda asosiy e'tiborni amaliy ish qurollariga qaratdi. Kompaniya o'zining Grok Speech to Text (STT) API interfeysini ham ommaga ochiq deb e'lon qildi. Aprel oyi boshida Grok Imagine qisqa matnli so'rovlar asosida yuqori sifatli kinematografik videolar yaratishni o'rgangan edi.






























Izohlar 0
…