
Yangi texnologik buyumlar va avtomobillar ustidan turli sinovlar o‘tkazish odat tusiga kirgan. Ana shunday beshafqat sinovlarga bu safar yangi Samsung Galaxy S8 smartfoni uchradi, deb yozadi "Qalampir.uz" nashri.
Suvga chidamli bu smartfonni agar basseynda urib olsangiz, ko‘nglingiz xotirjam bo‘lsin, unga hech narsa qilmaydi. Biroq agar u qo‘lingizdan atigi 1,5 metr balandlikdan tushib ketsa ham, displeyini almashtirishingizga to‘g‘ri keladi. Chunki qattiq yuzaga tushgan telefon ekrani darz ketadi. Adolat yuzasidan aytish kerakki, qizil iPhone 7 ham ana shunday sinovdan o‘ta olmagan edi.
Shuningdek, Samsung Galaxy S8+ smartfonining chidamlilik darajasini pichoq va bolg‘a yordamida ham sinab ko‘rishdi. Dastlabki nisbatan kuchsizroq zarbalarga dosh berolgan telefon, oxir-oqibat, kuchli zarbalarni ko‘tarolmadi va sindi. Ta’kidlash joiz, u dastlab bolg‘a bilan etkazilgan shikastdan so‘ng ham ishlashda davom etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar