date

Yandex kompaniyasining Igromir servisi oʻyinlar nashr etishni boshlaydi

Yandex kompaniyasining Igromir servisi oʻyinlar nashr etishni boshlaydi

Yandex jamoasi Igromir servisining kengayishi haqida eʼlon qildi. Endilikda ushbu platforma tarkibiga Plyus Studiya oʻyin nashriyoti ham qoʻshildi. Shu tariqa, mavjud bulutli geyming va raqamli mahsulotlar doʻkoni yoʻnalishlari endi nashriyot faoliyati bilan toʻldiriladi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Yangi boʻlinma doirasida avvalroq Plyus Studiya tomonidan anons qilingan oʻyinlar, jumladan, 2027-yilda barcha platformalar, xususan Steam uchun chiqarilishi rejalashtirilgan “Voyna Mirov: Sibir” va “Kiberslav: Zatmeniye” loyihalari ilgari suriladi va ommaga taqdim etiladi.

Bundan tashqari, yaqin vaqt ichida Igromir tarkibida Kinopoisk | Igri tahririyati negizida yaratilgan yangi media-resurs ish boshlaydi. Ushbu nashr oʻyin sanoatidagi asosiy voqealar va tendensiyalarni yoritishda davom etadi.

Eslatib oʻtamiz, Yandex kompaniyasining Plyus Geyming loyihasi 2026-yil aprel oyida beta-test bosqichidan chiqib, Igromir nomini olgan edi. Oʻshanda u bulutli geyming va raqamli tovarlar vitrinasini birlashtirgan mustaqil servis sifatida faoliyat yurita boshlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Yandex kompaniyasining Igromir servisi oʻyinlar nashr etishni boshlaydi