Caviar kompaniyasi Suvorovga bagʻishlangan iPhone 17 Pro modelini taqdim etdi

Rossiyaning hashamatli aksessuarlar ishlab chiqaruvchi Caviar kompaniyasi oʻzining yangi iPhone 17 Pro smartfonlar turkumini namoyish etdi. Ushbu maxsus seriya Gʻalaba kuni va Rossiyaning maʼnaviy anʼanalariga bagʻishlangan boʻlib, dizaynida tarixiy va diniy elementlar mujassam etilgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Qurilma korpusi Xristos Najotkor ibodatxonasi va Vasiliy Blajenniy sobori tasvirlari bilan bezatilgan. Dizaynning markaziy qismida 999-probali oltin bilan qoplangan Rossiya gerbi joy olgan. Kompaniya vakillarining taʼkidlashicha, smartfonning asosiy gʻoyasi Aleksandr Suvorovning mashhur «Biz ruslarmiz, Xudo biz bilan» iborasiga asoslangan.
Caviar dizaynerlari ushbu yozuv orqali maʼnaviy kuch va tarixiy merosni ifodalashga harakat qilishgan. Smartfon korpusiga oʻyilgan soʻzlar hamda harbiy va diniy ramzlarning uygʻunligi mahsulotning oʻziga xosligini taʼminlaydi.
iPhone 17 Pro «S nami Bog» modeli cheklangan miqdorda, yaʼni atigi 99 nusxada ishlab chiqariladi. Hashamatli smartfonning boshlangʻich narxi 400 ming rubldan boshlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!