date

Yandex Alisa AI yordamida urush qatnashchilari haqida maʼlumot topish mumkin

Yandex Alisa AI yordamida urush qatnashchilari haqida maʼlumot topish mumkin

Yandex jamoasi 9-may bayrami arafasida oʻz ajdodlarining Ikkinchi jahon urushidagi ishtiroki haqida maʼlumot olish imkonini beruvchi yangi loyihani taqdim etdi. Endilikda Alisa AI chatidagi «Tadqiq etish» nomli sunʼiy intellekt agenti orqali yaqinlaringizning urush yillaridagi faoliyati haqida qisqa vaqt ichida maʼlumot toʻplash mumkin. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Foydalanuvchidan faqat qarindoshining ismi, familiyasi, otasining ismi va yashagan yillarini kiritish talab etiladi. Sunʼiy intellekt agenti «Memorial», «Xalq xotirasi» va «Xalq jasorati» kabi ochiq arxiv manbalarini tahlil qilib, hujjatlarni oʻzaro solishtiradi.

Tizim natijalar asosida biografik maʼlumotnoma shakllantiradi. Unda harbiy xizmatga chaqirilgan sana, xizmat joyi, unvonlar va mukofotlar haqidagi maʼlumotlar aks etadi. Tayyor hujjatni docx yoki pdf formatida yuklab olish, nusxalash yoki yaqinlar bilan ulashish imkoniyati mavjud.

Yandex mutaxassislarining taʼkidlashicha, ilgari arxivlardan bunday maʼlumotlarni mustaqil izlash koʻp vaqt talab qilgan boʻlsa, neyrotarmoq bu jarayonni bir necha daqiqaga qisqartiradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Yandex Alisa AI yordamida urush qatnashchilari haqida maʼlumot topish mumkin