12-dekabrda Toshkentda dasturchilar uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

12 dekabrda TChK kovorking-markazida “Microsoft Developer Camp” nomi ostida o‘zbek dasturchilarining uchrashuvi tashkillashtiriladi, Bu haqda «ictnews.uz»ga asoslanib «kun.uz» xabar bermoqda.
Uchrashuv “Microsoft” platformasidagi ko‘plab qurilmalar uchun ilovalar yaratishga bag‘ishlanadi.
Uchrashuv dasturi 3 qismdan iborat: “Microsoft” platformasidagi ko‘plab qurilmalar uchun ilovalar yaratish (17:00-18:00), Mobil ilovalar uchun bulut bekend yaratish va undan foydalanish (18:00-19:00), Ko‘p platformali ilovalar yaratishda ikki xil yondashuvlarni amalga oshirish (19:00-20:00).
“Microsoft Developer Camp” davomida qatnashchilar erkin, bemalol muhitda boshqa dasturchilardan dasturiy ta’minot yaratishdagi yangiliklar haqida ko‘p narsani eshitishlari, yangi qurilmalar va ilovalarni yozish usullari va yangi ilovalarni yaratib, mavjudlarini yangilash haqida bilib olishlari mumkin.
Uchrashuv zaliga kirish bepul, lekin zaldagi o‘rinlar miqdori cheklangan.
Foto: ictnews.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing