16:25 / 04.06.2015
6 595

Beeline abonentlardan eng ko‘p kelib tushgan savollarning TOP-5 ro‘yhatini tuzdi

Beeline abonentlardan eng ko‘p kelib  tushgan savollarning TOP-5 ro‘yhatini tuzdi

2015 yil 4 iyun, Toshkent. Eng yirik aloqa operatori Beeline abonentlardan eng ko‘p kelib tushgan savollarning qisqa ro‘yhatini tuzdi.

Ro‘yhatning birinchi pog‘onasida “Videoqo‘ng‘iroq qanday tarifikasiya qilinadi?” Abonent jismoniy shaxslar uchun joriy qilingan tarif rejasida bo‘lsa, unga mos ravishda oddiy qo‘ng‘iroq uchun balansdan echib olinadigan mablag‘ chiqish videoqo‘ng‘irog‘i uchun ham bir hil echib olinadi. Kirish videoqo‘ng‘iroqlar - bepul. Korporativ mijozlar uchun esa videoqo‘ng‘iroqning bir daqiqasi - 0,02$ QQS dan tashqari. Boshqa tarmoqlardan kirish videoqo‘ng‘iroqning bir daqiqasi korporativ mijozlar uchun $0,02 tashkil etadi.

Ikkinchi o‘rinni quyidagi savol egalladi: “Roumingda bo‘la turib xizmatlarni yoqish va o‘chirish mumkinmi?” Roumingda avvaldan to‘lov tizimi abonentlari SMS yoki USSD-so‘rovlar yordamida xizmatlarni boshqarishlari mumkin.

Ro‘yhatning uchunchi o‘rinida esa quyidagi savol: “SIM-karta yo‘qotilsa, yoki blokirovka holatiga tushib qolsa, raqamni saqlab qolish mumkinmi?” Beeline savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarida telefon raqami va tarif rejasini saqlab qolgan holda, yangi SIM-karta olish mumkin. Abonent ofisga pasporti bilan tashrif buyurishi lozim.

To‘trinchi savol: “Sirli raqamdan qo‘ng‘iroq qilingan bo‘lsa, qanday qilib o‘sha telefon raqamini bilish mimkin?” Buning uchun “Shaxsiy kabinet” xizmatidan foydalanish mumkin, yoki Beeline ofislaridan biriga detalizasiya olish uchun pasport bilan tashrif buyurish lozim. “AntiAON” xizmati yoqitirilgan boshqa uyali aloqa kompaniyalari raqamidan amalga oshirilgan qo‘ng‘iroqlarni aniqlab berishni kompaniya kafolatlamaydi.

Beshinchi o‘rinda esa quyidagi savol: “Qo‘ng‘iroq chog‘ida gudok o‘rnida jaranglagan musiqaga buyurtma bera olamanmi?” Bunday musiqa Beeline abonentida gudok o‘rnida o‘rnatilgan bo‘lsa, uni * tugmasini bosib oson ko‘chirib olish mumkin.

So‘ngra telefonga 0645 raqamidan ushbu musiqani gudok o‘rniga o‘rnatishni istaysizmi degan savol SMS tarzida keladi. “Ha” yoki “Yo‘q” so‘zi bilan SMS javob yuborishning o‘zi kifoya.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Beeline abonentlardan eng ko‘p kelib tushgan savollarning TOP-5 ro‘yhatini tuzdi