
Skype klientining amaldagi versiyasida jiddiy tizimli qusur borligi aniqlandi. Tarkibida https://: belgilar ketma-ketligi bo‘lgan xabarning yuborilishi dastur ishining favqulodda tugatilishiga olib keladi. Bunda xabarni yuborgan va olgan har ikki foydalanuvchining kompyuteridagi dastur yopiladi. Bundan so‘ng dastur avtorizasiya chog‘ida o‘chib qolaveradi, deb yozmoqda Kun.uz.
Windows, Android va iOS dasturiy ta’minotlariga bag‘ishlangan Skype versiyalarida ushbu kamchilik aniqlangan. Skype for Mac versiyasi esa bu kamchilikdan holi.
Hozircha muammoning topilgan yagona echimi bundan oldingi (7.3) versiyaga o‘tkazishdir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar