
Amerikaning Chevrolet avtomobil brendi yangi konsepti — FNR-X suratini namoyish qildi. Bu haqda CarAdvice xabar qilmoqda. Mashinaning rasmiy taqdimoti Shanxay xalqaro avtoko‘rgazmasida bo‘lib o‘tadi, deb yozadi "Kun.uz" nashri.
Kelgusida kompaniya ushbu mashinani seriyali shlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Biroq, hozircha, yangi model haqidagi tafsilotlar sir tutilmoqda. Konseptga gibrid motor qo‘yiladi, uning barcha g‘ildiraklari etakchi bo‘lishi barobarida yarim muqobil boshqaruv tizimiga ega bo‘ladi.
Chevrolet 2017 yil mart oyida Jenevada bo‘lib o‘tgan avtoko‘rgazmada Camaro Track Concept konseptini namoyish qilgan edi. Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, bu mashina tezkor sport kupesini xohlovchi talabgor haydovchilar uchun maxsus ishlab chiqilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar