MTS Smart Cash dasturini ishga tushirdi: smartfonlar uchun pul to‘lovlari

MTS operatori yangi «Smart Cash» xizmati ishga tushirilganini e’lon qildi. Ushbu dastur mijozlarga o‘zlari sotib olgan smartfonlarni qaytarib berish evaziga qurilma qiymatining 70 foizigacha bo‘lgan mablag‘ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank kartasiga olish imkonini beradi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Xizmat MTS salonlaridan xarid qilingan barcha turdagi gadjetlarga, jumladan, Apple, Samsung, Xiaomi, Honor va Huawei kabi brendlarning smartfonlari, planshetlari hamda maishiy texnikalariga nisbatan tatbiq etiladi. Dastur nafaqat yangi, balki eskirgan yoki turli shikastlanishlarga uchragan qurilmalarni ham qamrab oladi.
Mijozlar 6 yoki 12 oylik muddatni tanlashlari mumkin. Bunda xarid qilingan kundan boshlab dastlabki 181 kun ichida qurilma qiymatining 70 foizigacha, 182-kundan boshlab esa 50 foizigacha bo‘lgan qismi qaytarib beriladi. Xizmatdan foydalanish uchun aloqa markazi orqali ariza topshirish kifoya.
MTS tijorat direktori Aleksey Pomozovning ta’kidlashicha, ushbu yechimning asosiy afzalligi shundaki, foydalanuvchi yangi xarid uchun chegirma emas, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri naqd pul oladi. Bu esa xizmatni ancha universal va mijozlar uchun qulayroq qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!