date

GigaChat sunʼiy intellekti yoqut tilini oʻzlashtirdi

GigaChat sunʼiy intellekti yoqut tilini oʻzlashtirdi

Rossiyaning Sber kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan GigaChat sunʼiy intellekt yordamchisi endilikda yoqut tilini qoʻllab-quvvatlaydi. Bu haqda Saxa (Yoqutiston) Respublikasi rahbari Aysen Nikolayev oʻzining Telegram kanalida maʼlum qildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Endilikda foydalanuvchilar sunʼiy intellekt bilan yoqut tilida muloqot qilishlari, kerakli maʼlumotlarni izlashlari, matnlar tayyorlashlari hamda oʻqish va kundalik yumushlarda yordam olishlari mumkin. Aysen Nikolayevning taʼkidlashicha, yoqut tili zamonaviy raqamli muhitning ajralmas qismiga aylanib, kundalik xizmatlarga kirib bormoqda.

Ushbu loyiha ustida mutaxassislar, olimlar, pedagoglar hamda IT sohasi vakillari hamkorlikda ish olib borishdi. Sunʼiy intellektni oʻqitish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar Yoqutiston sunʼiy intellekt laboratoriyasi, Shimoliy-Sharqiy federal universiteti va bir qator milliy kutubxona hamda media tashkilotlari tomonidan taqdim etildi.

Yoqutiston oʻz ona tilini Sber kompaniyasining yirik til modeli tarkibiga rus va ingliz tillari bilan bir qatorda kiritgan ilk mintaqalardan biriga aylandi. Bu texnologik yutuq tilning nafaqat anʼanalar, balki zamonaviy taʼlim va muloqot formatlarida ham yashab qolishiga xizmat qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » GigaChat sunʼiy intellekti yoqut tilini oʻzlashtirdi