Agar siz Android operasion tizimida ishlaydigan telefon sohibi bo‘lsangiz, unda ushbu maslahatlar siz uchun!
Dangasalar uchun
Google Play’da smartfon sozlamalarida siz uchun «qora ish»ni bajaradigan ko‘plab dasturlar bor. Bunday dasturlar Wi-Fi modulini siz undan foydalanmayotgan vaqtda o‘chirib qo‘yadi, telefon nofaol vaqtda dasturlarning yangilanishini taqiqlaydi, hatto markaziy prosessor chastotasini pasaytiradi.
G‘ilofni tekshiring
Ha, eng oddiy smartfon g‘ilofi ba’zan uning avtonom ishlash vaqtini sezilarli tarzda uzaytirishi mumkin. Gap shundaki, telefon klavishlar bosilgan vaqtda yonadi va qanchadir vaqt davomida ekran bekorga batareyani sarflaydi. Telefonni g‘ilof ichiga solish orqali, siz devaysning o‘z-o‘zidan yonib qolish ehtimolini kamaytirasiz.
Tarmoq rejimini to‘g‘ri tanlang
Keng tarqalgan fikrga qaramasdan, 3G (WCDMA) rejimidan 2G (GSM) rejimiga o‘tish doim ham kamroq energiya sarfiga olib kelmaydi. Smartfon asosan suhbatlar uchun ishlatilgandagina bu o‘rinli bo‘lishi mumkin. Ma’lumotlar uzatish bilan ishlashda esa tezkorroq 3G tejamkorroq hamdir.
Kechasi keraksiz funksiyalarni o‘chirib qo‘ying
Wi-Fi, GPS hamda ma’lumotlar uzatish va sinxronizasiya o‘chiq turishi batareyani ancha tejash imkonini beradi. Agar bu modellar o‘chirib qo‘yilmasa, smartfon o‘z quvvatining chorak qismini «eb qo‘yishi» mumkin.
Ekran yorqinligi
Ekran ko‘pincha smartfon energiyasining eng katta qismini sarf qiladi, ayniqsa, yorqinlik darajasi 75—100 foiz bo‘lgan hollarda energiya sarfi avjiga chiqadi. Shuning uchun, yorqinlikni masalan, 65 foizgacha kamaytirish orqali, avtonom ishlash vaqtini ahamiyatli ravishda uzaytirish mumkin.
Manba: «Daryo» “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi