date

Xiaomi flagman smartfonlari narxi 1500 dollargacha koʻtarilishi mumkin

Xiaomi flagman smartfonlari narxi 1500 dollargacha koʻtarilishi mumkin

Xiaomi kompaniyasi prezidenti Lu Veybin yaqin kelajakda yuqori toifadagi smartfonlar narxi sezilarli darajada oshishi haqida ogohlantirdi. Uning soʻzlariga koʻra, 2026-yil oxiriga kelib Xitoy bozorida flagman qurilmalarning narxi 10 000 yuan, yaʼni taxminan 1500 dollardan oshib ketishi ehtimoli yuqori. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Narxlarning bunday oʻsishiga asosiy sabab sifatida xotira komponentlari narxining qimmatlashuvi koʻrsatilmoqda. DRAM va NAND-flesh xotira narxlari keskin oshgan boʻlib, smartfon ishlab chiqaruvchilari ushbu xarajatlarni qoplashda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Xususan, Xiaomi 17 Max kabi boʻlajak modellar narxi hali ham kompaniya ichida muhokama qilinmoqda.

Lu Veybinning taʼkidlashicha, xotira ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish uzoq vaqt talab qiladigan jarayon. Yangi zavod qurilishi va ommaviy ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish bir necha yilni oladi, shu bilan birga sunʼiy intellekt serverlari va yuqori unumdor hisoblash uskunalari uchun xotiraga boʻlgan talab tez surʼatlar bilan oʻsib bormoqda.

Mutaxassisning fikricha, xotira bozoridagi narx bosimi 2027-yilgacha, ehtimol 2028-yilga qadar saqlanib qolishi mumkin. Bu esa butun smartfon sanoatida narxlar siyosatining oʻzgarishiga va flagman qurilmalar segmentining qimmatlashuviga olib keladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Xiaomi flagman smartfonlari narxi 1500 dollargacha koʻtarilishi mumkin