Ilon Maskning inson miyasini kompyuter bilan bog‘lash ishlarini amalga oshiruvchi kompaniyani tashkil etish rejalari 17 aprel kuni e’lon qilinadi. Shu haqdagi maqola Wait But Why saytida joylashtiriladi. Taqdimot bilan Tim Urban shug‘ullanadi. Aynan u Maskning Marsni o‘zlashtirish rejalari va sun’iy aql xususidagi g‘oyalari haqida hikoya qilib bergan edi, deb yozadi Kun.uz nashri.
Bir necha hafta muqaddam Ilon Mask kompaniya tashkil etish fikrini qo‘llab-quvvatlagan. Yangi firma neyrokompyuter interfeysini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Bu esa, insonlarni aqlli mashinalar taraqqiyoti bilan hamnafas borishlarini ta’minlashi kerak. Neuralink kompaniyasi hozirda boshlang‘ich bosqichida turibdi. U haqda ko‘p narsa ma’lum emas.
Biroq, ushbu g‘oya haqida ayrim fikrlar sizib chiqqan. Masalan, kompaniyaning asl maqsadi miyaga ulash mumkin bo‘lgan qurilmani ishlab chiqarishdan iborat. Shu bilan inson miyasini to‘ldirish mumkin bo‘ladi. U tashqi ko‘rinishlarni yodda saqlash, yangi qobiliyat va tillarni bir necha soniyada o‘rganish imkonini beradi. Bundan tashqari, Alsgeymer kabi kasalliklarini engish mumkin bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin