
Ues Cherri Windows uchun afsona sanaladigan «Durracha» («Kosinka») o‘yinini 1988 yilda, Microsoft kompaniyasida stajyori bo‘lib yurgan payti o‘ylab topganini ma’lum qildi. Bu haqda TJournal'ga tayanib Daryo xabar bermoqda.
Windows uchun «Durracha» o‘yinini zerikish tufayli o‘ylab topganman. O‘sha paytda o‘yinlar kam edi, shu sabab buni amalga oshirishimiz zarur bo‘lgan.
Ues Cherri
Ues Cherri
Kompyuterlar xonadonlarda ommaviy tarqala boshlagach, Microsoft rasman «Durracha» odamlarni sichqonchadan foydalanishga o‘rgatishi lozim bo‘lganini ma’lum qildi.
Cherri amalga oshirgan ishi uchun hech vaqo olmaganini bildirdi.
Har bir nusxa uchun hech yo‘q bir sentdan olganimda ham juda boy inson bo‘lardim. Biroq «Durracha» 14 kishining boyishiga sabab bo‘ldi, xolos.
Ues Cherri
Ues Cherri
Biroq Cherri kimni nazarda tutayotganiga aniqlik kiritmadi.
Hozirda o‘yin muallifi IT-kompaniyalarda ishlamaydi, sidr ichimligi tayyorlash bilan mashg‘ul. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar