Neyron protsessorga ega Hiksemi MAGE50X ixcham NAS-serveri taqdim etildi

Hiksemi kompaniyasi sunʼiy intellekt imkoniyatlariga ega boʻlgan shaxsiy bulutli saqlash tizimi — besh slotli MAGE50X NAS-serverini namoyish etdi. Qurilma 220 dollar narxida sotuvga chiqarilishi eʼlon qilindi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Ushbu NAS-server 8 nanometrli texnologik jarayon asosida ishlab chiqilgan boʻlib, u 4 ta Cortex-A72 va 4 ta Cortex-A53 yadrolaridan iborat neyron protsessor (NPU) bilan jihozlangan. Qurilma 8K formatdagi videoni soniyasiga 30 kadr, 4K formatdagisini esa 60 kadr tezlikda dekodlash imkoniyatiga ega.
Hiksemi MAGE50X alyuminiy korpusga ega boʻlib, 4 GB tezkor xotira va 64 GB eMMC flesh-xotira bilan taʼminlangan. Interfeyslar qatoridan bitta SD/microSD karta sloti, 5 Gbit/s tezlikdagi USB-C va USB-A portlari, HDMI 2.1 TMDS hamda 2,5 Gbit/s oʻtkazuvchanlikka ega RJ45 porti oʻrin olgan.
Qurilma JBOD, Basic va RAID 0/1/5/6/10 ish rejimlarini qoʻllab-quvvatlaydi. Shuningdek, u krossplatformali oʻzaro aloqa, sunʼiy intellekt asosidagi monitoring, aqlli yordamchi, fotoalbom, qidiruv va audiovizual funksiyalar bilan boyitilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!