22:51 / 20.04.2017
6 973

Samsung Galaxy Note 8 ikki kameraga ega bo‘ladi (5 surat)

Samsung Galaxy Note 8 ikki kameraga ega bo‘ladi (5 surat)
Samsung kompaniyasi yangi flagmanlarining texnik xususiyatlari muhokama bosqichida internetda Galaxy S8 va  Galaxy S8 Plus qurilmalari ikki kamera bilan ta’minlanishiga oid taxminlar ilgari surilgan edi. To‘ng‘ich modelning suratlari tarmoqda tarqalgandan keyin bu taxminlar bilvosita tasdiqlandi. Phonearena shu haqidagi ma’lumoti bilan bo‘lishdi
Suratlar ishlab chiqaruvchilarning ikki vertikal kamerali smartfon taqdim etishni rejalashtirganidan dalolat beradi. Internetda mazkur flagman prototipining yangi tasvirlari tarqalishda davom etmoqda. Yaqinda smartfonning old va orqa qismi surati paydo bo‘ldi. Unda qurilmaning ikki kamera va barmoq izlari skaneri bilan ta’minlanganini ko‘rish mumkin. 


Ba’zi foydalanuvchilarning taxminlariga ko‘ra, suratlarda taqdimoti rejalashtirilayotgan Galaxy Note 8 fableti aks ettirilgan bo‘lishi mumkin. 
Gadjetlar borasida aksariyat taxminlari to‘g‘ri chiqishi bilan tanilgan KGI Securities tahlilchisi Min-Chi Kuo Janubiy Koreya gigantining haqiqatda Note lineykasidan voz kechmasligini tasdiqladi. 


Shuningdek Galaxy Note 8 flagmani 6.4-dyuym QHD+ qarorli Super AMOLED-displeyi, Snapdragon 835 yoki Exynos 8895 top prosessori, 6 Gb operativ va 256 Gb flesh-xotira bilan ta’minlanishi ma’lum qilingan. Uning tashqi ko‘rinishi Galaxy S8'ga o‘xshash bo‘ladi. 

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung Galaxy Note 8 ikki kameraga ega bo‘ladi (5 surat)