date

Vertu AlphaFold: 6880 dollardan boshlanuvchi yangi buklama smartfon

Vertu AlphaFold: 6880 dollardan boshlanuvchi yangi buklama smartfon

Vertu kompaniyasi oʻzining yangi AlphaFold buklama smartfonini rasman taqdim etdi. Qurilmaning narxi 6880 dollardan boshlanib, ayrim eksklyuziv versiyalari uchun 46,8 ming dollargacha koʻtariladi. Smartfon oʻzining timsoh terisidan ishlangan qoplamasi va baʼzi modellaridagi oltin suvi yugurtirilgan detallari bilan eʼtiborni tortadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Premium koʻrinishga qaramay, texnik xususiyatlar biroz hayratlanarli. Qurilmaga 2024-yilning eng kuchli protsessori Qualcomm Snapdragon 8 Elite oʻrnatilgan. Smartfon 8,05 dyuymli asosiy va 6,53 dyuymli tashqi ekran bilan jihozlangan. Shuningdek, 6500 mAch sigʻimli akkumulyator 65 W quvvatlanish texnologiyasini qoʻllab-quvvatlaydi.

Kamera tizimi 50 megapikselli asosiy datchiklar va 20 megapikselli selfi-kameradan iborat. Vertu AlphaFold modelining oʻziga xos jihati — Hermes deb nomlangan eksklyuziv sunʼiy intellekt yordamchisidir. U biznes-hisobotlarni tahlil qilish va savdo pasayishi sabablarini aniqlash kabi murakkab vazifalarni bajara oladi.

Kompaniyaning taʼkidlashicha, barcha hisob-kitoblar serverda emas, balki bevosita smartfonning oʻzida amalga oshiriladi. Barcha versiyalar 16 GB tezkor xotira va 1 TB doimiy xotira bilan taʼminlangan boʻlib, narx asosan ishlatilgan materiallar va ranglar gammasiga bogʻliq.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Vertu AlphaFold: 6880 dollardan boshlanuvchi yangi buklama smartfon