date

Ot boshi tumanligining 115 soatlik ekspozitsiyada olingan noyob surati

Ot boshi tumanligining 115 soatlik ekspozitsiyada olingan noyob surati

Astrofotograf Greg Meyer tungi osmonning eng mashhur obʻektlaridan biri — Ot boshi tumanligining (Barnard 33) hayratlanarli suratini taqdim etdi. Yer sayyorasidan taxminan 1600 yorugʻlik yili uzoqlikda, Orion yulduz turkumida joylashgan ushbu qorongʻu tumanlik oʻzining shaxmat otini eslatuvchi oʻziga xos silueti tufayli shunday nom olgan. Tasvirda ionlashgan vodorodning yorqin nurlanishi fonida zich gaz va kosmik chang bulutlari yaqqol koʻzga tashlanadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Ushbu noyob kadrni yaratish uchun suratga olish ishlari qariyb yarim yil — 2025-yil noyabridan 2026-yil martigacha, Arizona osmonida Orion eng yaxshi koʻrinadigan vaqtda davom etdi. Yakuniy natijaga erishish uchun Meyer 115 soatlik umumiy ekspozitsiya vaqtini toʻpladi va minglab suratlarni PixInsight, Photoshop hamda Lightroom dasturlarida qayta ishladi. Fotofraf ulkan hajmdagi maʻlumotlarni qoʻlda birlashtirib, bir-birining ustiga joylashtirishga muvaffaq boʻldi.

Meyer standart ishlov berish usullaridan voz kechib, bir nechta mashhur astronomik ranglar palitrasini kombinatsiya qildi va soyalarni oʻzi sozladi. "Men haqiqatan ham bu jarayonga shoʻngʻib ketdim. Menga qoʻshimcha ranglar bilan boyitilgan ushbu ranglar kombinatsiyasi juda yoqadi", — deydi muallif Space.com nashriga bergan intervyusida. Suratda nafaqat Ot boshi, balki boshqa muhim kosmik obʻektlar ham batafsil aks etgan.

Siluetning chap tomonida Orion kamaridagi eng sharqiy yulduz — Alnitak tomonidan yoritiladigan Olov tumanligi (NGC 2024) joylashgan. Kadrning yuqori chap qismida esa "ovchi kamari"ning markaziy yoritgichi boʻlgan Alnilam moviy-oq rangda porlab turibdi. Taʻkidlash joizki, Ot boshi tumanligi avvalroq Hubble va James Webb kabi kuchli kosmik teleskoplar tomonidan ham oʻrganilgan boʻlib, bu olimlarga yulduzlar hosil boʻlish sirlarini ochishga yordam bergan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Ot boshi tumanligining 115 soatlik ekspozitsiyada olingan noyob surati