ODK aviatsiya dvigatellarini taʼmirlashda 11 ta yangi texnologiyani joriy etadi

Rostex tarkibiga kiruvchi “ODK-Servis” korxonasi aviatsiya dvigatellarini taʼmirlash va butlovchi qismlar tayyorlashning yangi usullarini faol rivojlantirmoqda. Joriy yilda detallar va yigʻuv boʻlinmalarini tiklash boʻyicha ixtisoslashtirilgan markazda 11 ta yangi texnologik jarayonni joriy etish rejalashtirilgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Ushbu markaz ODK mahsulotlariga xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlashga boʻlgan ehtiyojni taʼminlaydi. Shu bilan birga, aviatsiya hamda yer usti gaz turbinali dvigatellarini taʼmirlash tizimi yanada takomillashtiriladi. Bu esa texnik xizmat koʻrsatish sifatini yangi bosqichga olib chiqadi.
Joriy etilayotgan texnologiyalar qatoridan elektron-nurli payvandlash, lazer-kukunli qoplama berish, elektroerozion kesish, parraklarning geometrik nazorati va metallografik tadqiqotlar oʻrin olgan. Ushbu usullar dvigatellarning ishlash muddatini uzaytirishga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, korxonada turli buyumlar va zagotovkalarni ishlab chiqarishni arzonlashtirish hamda tezlashtirish imkonini beruvchi additiv texnologiyalar oʻzlashtirilmoqda. Hozirda toʻrt xil turdagi va rangdagi plastik bilan chop eta oladigan yangi 3D-printer ishga tushirilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!