date

Bozordagi eng ixcham NVIDIA RTX 5070 videokartalaridan biri taqdim etildi

Bozordagi eng ixcham NVIDIA RTX 5070 videokartalaridan biri taqdim etildi

Zephyr kompaniyasi oʻzining yangi RTX 5070 Wind God MX videokartasini rasman namoyish etdi. Qurilmaning oʻlchamlari 234 x 125 x 50 mm ni tashkil etadi va u NVIDIA kompaniyasining ixcham kompyuterlar (SFF-Ready) uchun qoʻygan talablariga toʻliq javob beradi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Ishlab chiqaruvchi ushbu modelni "eng qisqa ikki ventilyatorli RTX 5070" deb daʻvo qilmoqda. Biroq, texnologik nashrlarning qayd etishicha, MSI GeForce RTX 5070 12G Shadow 2X OC modelining uzunligi bor-yoʻgʻi 231 mm ni tashkil etib, u Zephyr mahsulotidan biroz qisqaroqdir.

Zephyr kompaniyasining taʻkidlashicha, RTX 5070 Fengshen MX modeli ITX korpuslar ishqibozlarining yuqori unumdorlikka boʻlgan ehtiyojini qondira oladi. Kichik hajmga qaramay, karta zamonaviy oʻyinlar va murakkab grafik vazifalar uchun yetarli quvvatga ega.

Sinov natijalariga koʻra, 27,5 °C xona haroratida ochiq korpusda oʻtkazilgan 30 daqiqalik stress-testdan soʻng, GPU-Z dasturi grafik protsessor harorati 74 °C, xotira harorati esa 56 °C atrofida ekanligini koʻrsatgan. Bu ixcham sovutish tizimi uchun barqaror koʻrsatkich hisoblanadi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Colorful kompaniyasi bozordagi eng kichik GeForce RTX 5070 modelini taqdim etgan edi. iGame Mini deb nomlangan ushbu modelning uzunligi bor-yoʻgʻi 180 mm ni tashkil etadi va u bitta ventilyator bilan jihozlangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Bozordagi eng ixcham NVIDIA RTX 5070 videokartalaridan biri taqdim etildi