date

Xiaomi uchta barabanli 14 kg sigʻimli kir yuvish mashinasini taqdim etdi

Xiaomi uchta barabanli 14 kg sigʻimli kir yuvish mashinasini taqdim etdi

Xiaomi kompaniyasi oʻzining yangi va oʻziga xos Mijia Three-Zone Washing Machine 14 kg kir yuvish mashinasini namoyish etdi. Qurilmaning asosiy xususiyati uning uch zonali yuvish tizimi boʻlib, umumiy sigʻimi 14 kg ni tashkil etadi. Asosiy baraban 12 kg yuklama uchun moʻljallangan boʻlsa, ikkita qoʻshimcha mini-barabanning har biri 1 kg dan kiyim sigʻdira oladi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Konstruktsiya uchta mustaqil suv uzatish konturini koʻzda tutadi, bu esa suv oqimlarining aralashib ketishini oldini oladi va kiyimlarning oʻzaro ifloslanish xavfini kamaytiradi. Ishlab chiqaruvchining taʼkidlashicha, ushbu model murakkab va eski dogʻlarni samarali tozalash bilan birga, nozik matoli buyumlar uchun yuqori xavfsizlikni taʼminlaydi. Mini-barabanlar esa ichki kiyim va paypoq kabi mayda buyumlarni alohida rejimlarda yuvishga ixtisoslashgan.

Yangi qurilma shovqinni kamaytirish va intellektual amortizatsiya tizimi bilan jihozlangan. Shuningdek, u uy hayvonlarining junlarini 91,4% gacha samaradorlik bilan tozalash imkoniyatiga ega. Bu ayniqsa uyida mushuk yoki kuchuk boqadigan foydalanuvchilar uchun juda qoʻl keladi.

Mijia Three-Zone Washing Machine 14 kg modeli Surge Smart Connectivity tizimi orqali Xiaomi ekotizimiga toʻliq integratsiya qilingan. Bu foydalanuvchilarga yuvish jarayonini smartfon orqali boshqarish va turli aqlli ssenariylarni sozlash imkonini beradi. Qurilmaning narxi Xitoyda davlat subsidiyalari bilan hisoblaganda taxminan 660 dollarni tashkil etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Xiaomi uchta barabanli 14 kg sigʻimli kir yuvish mashinasini taqdim etdi