MTS xorijiy PlayStation akkauntlari va obunalarini sotishni boshladi

Rossiyaning MTS operatori “MTS Oplata” servisi imkoniyatlarini kengaytirib, PlayStation akkauntlari va obunalarini sotib olish funksiyasini ishga tushirdi. Endilikda foydalanuvchilar PS Plus yoki EA Play obunalari ulangan tayyor xorijiy Sony PlayStation akkauntlarini, shuningdek, turli muddatlarga moʻjallangan alohida obunalarni xarid qilishlari mumkin. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Hozirda Turkiya va Hindiston mintaqalariga tegishli akkauntlar uchun PS Plus Essential, PS Plus Extra, PS Plus Deluxe va EA Play obuna turlari mavjud. PS Plus obunasi onlayn-multipleyer, bulutli xotira, maxsus chegirmalar va oʻinlar kutubxonasidan foydalanish imkonini beradi. EA Play esa Electronic Arts studiyasining oʻinlariga kirish huquqini taqdim etadi.
MTS maʻlumotlariga koʻra, 2025-yilda oʻin konsollari toʻlovlar oʻsishi boʻyicha yetakchilardan biriga aylandi, Sony PlayStation esa foydalanuvchilar orasida eng ommabop qurilma boʻlib qolmoqda. Avvalroq servisda 20 dan ortiq davlatlarning PS Store hamyonlarini toʻldirish funksiyasi yoʻlga qoʻyilgan edi.
Bugungi kunda ushbu platforma orqali 60 dan ortiq xorijiy oʻinlar va Steam, Xbox, Battle.net kabi yirik oʻin maydonchalari balansini toʻldirish mumkin. Akkauntni toʻldirish uchun parol yoki bank kartasi maʻlumotlarini kiritish talab etilmaydi, shunchaki login yoki elektron pochta manzilini koʻrsatish kifoya.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!