date

Anthropic dunyodagi eng qimmat sunʼiy intellekt startapiga aylandi

Anthropic dunyodagi eng qimmat sunʼiy intellekt startapiga aylandi

AQSHning Anthropic kompaniyasi bozor qiymati boʻyicha sunʼiy intellekt startaplari orasida birinchi oʻringa chiqib oldi va uning kapitalizatsiyasi qariyb 965 milliard dollarga yetdi. Ushbu oʻsish 65 milliard dollarlik investitsiyalarning jalb qilinishi bilan bogʻliq boʻlib, bu kompaniyaning sunʼiy intellekt sohasidagi raqobatdosh pozitsiyalarini keskin mustahkamladi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Natijada Anthropic oʻzining asosiy raqobatchisi boʻlgan OpenAI kompaniyasini ortda qoldirdi. Maʼlumotlarga koʻra, hozirda OpenAI qiymati taxminan 730 milliard dollarni tashkil etmoqda. Anthropic 2021-yilda OpenAI sobiq xodimlari tomonidan tashkil etilgan boʻlib, u qisqa vaqt ichida "etik sunʼiy intellekt" va xavfsizlik nazoratiga urgʻu bergan holda bozorning asosiy ishtirokchisiga aylandi.

Kompaniyaning ilk chat-boti boʻlgan Claude 2023-yilda taqdim etilgan va uning mahsulotlar liniyasining asosiga aylangan edi. Oʻshandan beri Anthropic neyrotarmoqlarni xavfsiz va boshqariladigan tarzda qoʻllashga eʼtibor qaratib, oʻzining sunʼiy intellekt tizimlarini faol ravishda kengaytirib kelmoqda.

Shu haftada SpaceX bosh direktori Elon Musk IPO jarayoniga tayyorlanayotgan Anthropic kompaniyasi oʻz modellarini oʻqitish uchun Colossus maʼlumotlar markazi klasterlarini ijaraga olishga rozi boʻlganini maʼlum qildi. Dastlabki kelishuv olti oyga moʻljallangan boʻlsa-da, Elon Musk bu muddat bir necha yilga uzaytirilishi mumkinligini taʼkidladi.

Avvalroq SpaceX va Anthropic oʻrtasida Tennessi shtatidagi Memfis shahrida joylashgan Colossus va Colossus II klasterlarining hisoblash quvvatlaridan foydalanish boʻyicha shartnoma imzolangan edi. Kelishuvga koʻra, Anthropic 2029-yilning may oyiga qadar har oy 1,25 milliard dollar miqdorida toʻlov amalga oshirishi koʻzda tutilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Anthropic dunyodagi eng qimmat sunʼiy intellekt startapiga aylandi