OnePlus Turbo 6X va Turbo 6X Pro butunlay boshqa ekranlar bilan chiqadi

Tarmoqda OnePlus brendining yangi Turbo 6X smartfonlar liniyasi haqidagi maʼlumotlar paydo boʻldi. Taniqli insayder Digital Chat Station xabariga koʻra, kompaniya ayni damda ushbu seriyani bozorga chiqarishga tayyorgarlik koʻrmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Maʼlum qilinishicha, yangi seriya kamida ikkita versiyani oʻz ichiga oladi va ular displey texnologiyasi boʻyicha bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi. Sizib chiqqan maʼlumotlarga koʻra, bazaviy OnePlus Turbo 6X modeli 144 Hz yangilanish chastotasiga ega boʻlgan 6,7 dyuymli JK-ekran (LCD) bilan jihozlanadi.
Liniyaning yuqori talqinidagi Turbo 6X Pro modeli esa ancha ilgʻor 1,5K aniqlikdagi OLED-displeyga ega boʻlishi kutilmoqda. Hozircha qurilmalarning boshqa texnik xususiyatlari haqida batafsil maʼlumotlar mavjud emas.
Taʼkidlash joizki, Digital Chat Station avvalroq Xiaomi 15 va Xiaomi 15 Pro xususiyatlarini birinchilardan boʻlib aniq bashorat qilgan edi. Shuningdek, u Realme GT 7 Pro smartfoni Samsung displeyiga ega boʻlishi va Dimensity 9400 chipi Snapdragon 8 Elite protsessoridan oldinroq chiqishi haqida toʻgʻri maʼlumot bergan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!