date

Galaxy Watch 10 aqlli soatlari Micro LED ekranlar bilan jihozlanishi mumkin

Galaxy Watch 10 aqlli soatlari Micro LED ekranlar bilan jihozlanishi mumkin

Samsung kompaniyasining Galaxy Watch aqlli soatlarida Micro LED ekranlar paydo boʻlishi kutilmoqda. Ushbu texnologiyani joriy etish rejalari haqida bir necha yil avval gapirilgan edi, biroq endilikda loyiha eksperiment bosqichidan real ishlab chiqarishga tayyorgarlik bosqichiga oʻtayotgani haqida maʼlumotlar paydo boʻldi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Koreyaning ETNews nashri xabariga koʻra, Samsung Display boʻlinmasi Asan shahrida Micro LED panellarini ishlab chiqarish uchun yangi liniya qurmoqda. Uskunalarni oʻrnatish ishlari joriy yilda boshlanishi koʻzda tutilgan. Dastlabki bosqichda kompaniya sinov tariqasida mahsulot chiqarib, texnik natijalarni hamda Galaxy Watch liniyasi uchun masʼul boʻlgan Samsung mobil boʻlinmasi tomonidan bildiriladigan talabni baholaydi.

Agar sinovlar muvaffaqiyatli yakunlansa, bunday displeylarni ommaviy ishlab chiqarish 2027-yilning ikkinchi yarmida start olishi mumkin. Bu esa kelajakdagi Galaxy Watch avlodlarida, xususan, Galaxy Watch 10 seriyasidan boshlab yangi turdagi ekranlarni koʻrish imkonini beradi.

Micro LED texnologiyasi displey sanoatidagi eng istiqbolli yoʻnalishlardan biri hisoblanadi. Bunday ekranlar hozirgi aqlli soatlarda qoʻllaniladigan OLED panellarga qaraganda yuqori yorqinlik, yaxshilangan kontrast, kam energiya sarfi va uzoqroq xizmat qilish muddatini taʼminlaydi.

Eʼtiborlisi shundaki, Samsung taqiladigan elektronika uchun Micro LED ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan birinchi kompaniyalardan biri boʻlishi mumkin. Avvalroq Apple ham ushbu texnologiyani Apple Watch soatlarida qoʻllashni rejalashtirgan edi, biroq texnik va ishlab chiqarishdagi qiyinchiliklar sababli loyihadan voz kechishga majbur boʻlgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Galaxy Watch 10 aqlli soatlari Micro LED ekranlar bilan jihozlanishi mumkin