So‘nggi vaqtlarda turli kompaniyalar yo‘lovchi tashish sohasida uchish qurilmalarini ishlab chiqayotganlari haqida xabarlar qilmoqda. Shunga ko‘ra, aytish mumkinki, uchar taksilarning paydo bo‘lishiga ko‘p qolgani yo‘q. Faqatgina qaysi kompaniya tayyor mahsulotni birinchi bo‘lib taqdim eta oladi, degan savol javobsiz qolmoqda, xolos.
Ehtimol, Isroilning Tactical Robotics kompaniyasi shunday korxona bo‘lar. U, allaqachon, tik uchuvchi Cormorant qurilmasini ishlab chiqqan. Aynan uning negizida keng omma uchun mo‘ljallangan transport vositasini ishlab chiqish ustida ishlar olib borilmoqda.
Ayni vaqtda, Tactical Robotics kompaniyasi AirMule bilan hamkorlikda (ikki firma ham Urban Aeronautics kompaniyasiga qarashli) qurilmani ishlab chiqish borasida faol izlanishlarni olib bormoqda. Bo‘lg‘usi uchar avtomobilga nom ham topilgan – CityHawk. Uning asosida Fancraft texnologiyasi yotadi, bunda korpus ichiga joylangan rotorlar vositasida aylanuvchi propellerlardan foydalaniladi. Shu sababli, CityHawk parraklari ko‘rinmaydi va uchish-qo‘nish, harakatlanishni qiyinlashtirmaydi. Yoqilg‘i sifatida siqilgan vodoroddan foydalaniladi.
Cormorant. Yangi uchish qurilmasi aynan uning negizida barpo etilmoqda
Kelgusida CityHawk uchar taksisiga elektrodvigatel o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Biroq, bunda ham yoqilg‘i sifatida vodoroddan foydalaniladi. Konstruktorlar yo‘lovchilarning xavfsizligini ham yoddan ko‘tarishmagan. CityHawk «o‘ta tez» parashyut tizimiga ega bo‘ladi. U nosozlik kuzatilgan taqdirda bir lahzada osmonga otiladi va ochiladi.
CityHawk transport vositasiga 4 yo‘lovchi, shu jumladan boshqaruvchi uchun o‘rindiqlar o‘rnatiladi. Bundan tashqari, CityHawk avtomatik boshqaruv texnologiyasiga ham ega bo‘lishi mumkin. U ayni vaqtda bunday boshqaruv tizimi Cormorant’da sinovdan o‘tkazilmoqda. Urban Aeronautics ishlanmani 5 yilda yakunlashni rejalashtirgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi