date
views 7 190

Xitoyda dronlarga qarshi antiqa miltiq yaratildi

Xitoyda dronlarga qarshi antiqa miltiq yaratildi
Xitoylik muhandislar dronlarni ushlab olish uchun mo‘ljallangan maxsus miltiqni sinovdan o‘tkazishdi. Sinov tasvirlangan videoga berilgan izohda ta’kidlanishicha, miltiq dronni erga qo‘ndirish uchun unga uzatiluvchi GPS signalni ushlab oladi.

Elektron miltiq tizimi ishlashi negizida dron boshqaruvini qo‘lga olishga imkon beruvchi boshqaruv signali imitasiyasi yotadi. Tizim hattoki smartfonlarda ham ishlashi mumkin.

Bu elektron miltiqlar Xitoydagi ommaviy tadbirlarda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida muvaffaqiyatli qo‘llanib kelinadi. Biroq ma’lum qilinishicha, tizim shifrlangan aloqa kanallariga ega bo‘lmagan dronlar bilan muvaffaqiyatli kurasha oladi. Harbiy dronlarga qarshi bu miltiqlar ojizdir.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xitoyda dronlarga qarshi antiqa miltiq yaratildi