Redmi K100 Pro xususiyatlari maʻlum boʻldi: 200 MP kamera va 8000 mAs batareya

Redmi K100 Pro xususiyatlari maʻlum boʻldi: 200 MP kamera va 8000 mAs batareya

Redmi K100 Pro smartfonining rasmiy taqdimotiga hali bir necha oy vaqt boʻlsa-da, qurilmaning deyarli barcha texnik xususiyatlari internet tarmogʻiga sizdirildi. Taniqli insayder Digital Chat Station yangi flagmanning asosiy jihatlari haqida batafsil maʻlumot berdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Maʻlumotlarga koʻra, Redmi K100 Pro rekord darajadagi 185 Gs yangilanish chastotasiga ega tekis ekran va eng soʻnggi Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori bilan jihozlanadi. Qurilmaning eng asosiy oʻziga xosligi uning akkumulyatorida boʻlib, u 8000 mAs dan ortiq, hatto 8500 mAs sigʻimga ega boʻlishi kutilmoqda.

Smartfon 100 vattli simli va 50 vattli simsiz quvvatlanish texnologiyasini qoʻllab-quvvatlaydi. Taʻkidlash joizki, simsiz quvvatlanish funksiyasi Redmi K seriyasining bazaviy modellarida ilk bor paydo boʻlishi mumkin. Kamera borasida esa qurilma 200 megapikselli asosiy datchik va makrosuratlar olish imkoniyatiga ega teleobyektiv bilan taʻminlanadi.

Bundan tashqari, Redmi K100 Pro shishali orqa panel, metall rom, simmetrik stereodinamiklar va ultratovushli barmoq izi skaneri bilan jihozlanadi. Qurilma tashqi taʻsirlardan himoyalangan boʻlib, IP68 va IP69 suv hamda changdan himoya standartlariga javob beradi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar