Rossiyada xalqaro qoʻngʻiroqlarga oʻz-oʻzini taqiqlash imkoniyati joriy etilmoqda

Rossiyada xalqaro qoʻngʻiroqlarga oʻz-oʻzini taqiqlash imkoniyati joriy etilmoqda

Rossiya Davlat dumasi kiberfiribgarlikka qarshi kurashishga qaratilgan qonun loyihasini ikkinchi va uchinchi oʻqishda maʼqulladi. Yangi qonun doirasida abonentlar uchun xalqaro kiruvchi qoʻngʻiroqlarni ixtiyoriy ravishda bloklash imkoniyati yaratiladi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Ushbu taqiqni oʻrnatish uchun foydalanuvchilar "Gosuslugi" portali orqali shaxsiy kabinetdan foydalanishlari yoki koʻp funksiyali markazlarga (MFC) shaxsan tashrif buyurishlari mumkin boʻladi. Xizmat faollashtirilgandan soʻng, xorijdan kelayotgan barcha qoʻngʻiroqlar aloqa operatori tomonidan avtomatik ravishda rad etiladi.

Qonunda belgilanishicha, oʻrnatilgan cheklovlarni bekor qilish uchun abonentning shaxsan MFCga borishi talab etiladi. Bu chora firibgarlar tomonidan hisoblarni masofadan boshqarish va taqiqlarni yechish xavfini kamaytirishga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, hujjat telekommunikatsiya kompaniyalariga barcha xalqaro qoʻngʻiroqlarni maxsus belgilash (markirovka qilish) majburiyatini yuklaydi. Bunday markirovkaning aniq tartibi va formati Rossiya hukumati tomonidan alohida belgilanadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar