8000 mAs batareya va IP65: Realme P4R 5G hamyonbop smartfoni taqdim etildi

Realme kompaniyasi oʻzining yangi Realme P4R 5G smartfonini rasman namoyish etdi. Qurilma hamyonbop narx segmentiga mansub boʻlsa-da, oʻzining yuqori avtonomlik koʻrsatkichi va mustahkam himoyasi bilan ajralib turadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Smartfon 6,8 dyuymli IPS displey bilan jihozlangan boʻlib, u HD+ ruxsatini va 144 Hz yangilanish chastotasini qoʻllab-quvvatlaydi. Ekranning eng yuqori yorqinligi 1200 nitga yetadi, bu esa quyoshli kunda ham maʼlumotlarni bemalol oʻqish imkonini beradi. Qurilma unumdorligi uchun MediaTek Dimensity 6300 chipseti masʼul etib belgilangan.
Yangi modelning asosiy oʻziga xosligi uning 8000 mAs sigʻimli ulkan akkumulyatoridir. Smartfon 45 vattli tezkor quvvatlash texnologiyasiga ega. Shuningdek, qurilma korpusi IP65 standarti boʻyicha chang va suv sachrashidan himoyalangan. Kamera borasida 50 megapikselli asosiy sensor va 8 megapikselli selfi-kamera taklif etiladi.
Realme P4R 5G uch xil xotira konfiguratsiyasida sotuvga chiqadi: 4/128 GB, 6/128 GB va 6/256 GB. Eng kichik modelning narxi 200 dollardan boshlanadi, biroq sotuvlarning ilk bosqichida barcha versiyalar uchun 20 dollar chegirma amal qiladi. Smartfon yon tomonlama barmoq izi skaneri, Wi-Fi 5, Bluetooth 5.3 va USB-C porti bilan taʼminlangan.






























Izohlar 0
…