Yandex Kartalar issiq suv oʻchirilgan paytda yordamga keladi

Yandex Kartalar xizmatida neyrotarmoq asosida ishlovchi yangi vosita paydo boʻldi. Ushbu funksiya aholiga issiq suvning mavsumiy oʻchirilishi davrida qulaylik yaratish maqsadida ishlab chiqilgan. Endilikda foydalanuvchilar bosh yuvish yoki dush qabul qilish uchun joylarni qoʻlda qidirib oʻtirishlari shart emas. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Asosiy ekrandagi sunʼiy intellekt assistenti bilan muloqotda tayyor soʻrovni, masalan, “Yaqin atrofda qayerda bosh yuvish mumkin?” degan buyruqni tanlash kifoya. Neyrotarmoq muassasalar kartochkalari, xizmatlar roʻyxati va sharhlarni tahlil qilib, yaqin atrofdagi goʻzallik salonlari kabi mos variantlar roʻyxatini shakllantiradi.
Qidiruv natijalarini aniqlashtirish imkoniyati ham mavjud. Agar foydalanuvchini nafaqat salonlar, balki dushga ega boʻlgan hammomlar ham qiziqtirsa, bu haqda assistentga xabar berish kifoya va u tanlovni darhol tahrirlaydi. Bu jarayon foydalanuvchining vaqtini sezilarli darajada tejaydi.
Bundan tashqari, Yandex Kartalar ilovasida Moskva, Moskva viloyati va Sankt-Peterburg shaharlari uchun issiq suv oʻchirilishining yozgi grafigi ham eʼlon qilingan. Foydalanuvchilar xaritadan oʻz uylarini tanlash yoki manzilni qidiruvga kiritish orqali aniq sanalar va ishning davomiyligini bilib olishlari mumkin.






























Izohlar 0
…