Wing dronlari orqali yetkazib berish xizmati AQShda kengaymoqda

Wing dronlari orqali yetkazib berish xizmati AQShda kengaymoqda

Alphabet kompaniyasiga tegishli boʻlgan Wing dron-servisi Walmart bilan hamkorlik doirasida AQShning yana yetti ta shahrida oʻz faoliyatini boshlamoqda. Ushbu kengayish kelgusi yilga qadar 270 dan ortiq Walmart savdo nuqtalarini qamrab oluvchi yirik dron yetkazib berish tarmogʻini yaratish rejasining bir qismidir. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Yangi xizmat koʻrsatish hududlari qatoriga Memfis, Yangi Orlean, Filadelfiya, Feniks, San-Diyego, San-Fransisko va Solt-Leyk-Siti shaharlari kirdi. Natijada Wing va Walmart hamkorligi AQShning qariyb 20 ta yirik bozorini qamrab oladi. Hozirda kompaniya Atlanta, Dallas va Xyuston kabi shaharlarda mijozlarga mahsulotlarni muvaffaqiyatli yetkazib bermoqda.

Walmart koʻp yillar davomida dronlar orqali yetkazib berishni sinovdan oʻtkazdi, biroq Wing bilan amalga oshirilgan loyihalar muvaffaqiyati sababli hamkorlik koʻlamini oshirishga qaror qildi. Yanvar oyida kompaniyalar yana 150 ta Walmart doʻkonida ushbu xizmatni yoʻlga qoʻyishlarini eʼlon qilishgan edi.

Wing maʼlumotlariga koʻra, dronlar orqali yetkazib berish endi shunchaki yangilik emas, balki kundalik ehtiyojga aylanib bormoqda. Kompaniya allaqachon 1 milliondan ortiq tijoriy parvozlarni amalga oshirdi. Wing biznes boʻyicha direktori Heather Riveraʼning taʼkidlashicha, eng faol mijozlarning 25 foizi ushbu xizmatdan haftasiga kamida uch marta foydalanmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar