
Facebook dunyoning 150 mamlakatida Messenger’ning yengillashtirilgan versiyasini ishga tushirdi, deb yozadi «Daryo» nashri.
TechCrunch nashriga ko‘ra, hozircha Messenger Lite’dan Germaniya, Yaponiya, Italiya, Marokash, Niderlandiya, Peru kabi 132 davlatda foydalanish mumkin. Biroq dasturdan yaqin orada Google Play orqali boshqa mamlakatlarda ham foydalanish imkoniyati tug‘iladi.
Messenger Lite’dan hajmi kichik xotira, kuchsiz prosessor, bog‘lanish tezligi past smartfonlarda foydalanish mumkin. Dastur foto, havola va stikerlar jo‘natishni ta’minlaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar