2026-yil avgustidan Starship raketalari har oy koinotga uchiriladi

2026-yil avgustidan Starship raketalari har oy koinotga uchiriladi
Qisqacha

SpaceX prezidenti Gvenn Shotvellning ma'lum qilishicha, Starship o'ta og'ir raketasining navbatdagi 13-sinov parvozi bir oydan keyin suborbital ko'rinishda amalga oshiriladi. Shundan so'ng ushbu raketalarning parvozlari muntazam ravishda har oyda bir marta bajarilishi rejalashtirilgan. Kutilishicha, 14-parvoz orbital darajaga ko'tarilsa, 15-sinov parvozi ilk bor Florida shtatidagi kosmodromdan start oladi.

SpaceX prezidenti Gvenn Shotvell CNBC telekanaliga bergan intervyusida Starship oʻta ogʻir raketasining navbatdagi sinov parvozi qachon amalga oshirilishini maʻlum qildi. Top-menejerning soʻzlariga koʻra, Starship bir oydan keyin parvoz qiladi. Bu 13-sinov parvozi boʻlib, u avvalgilaridek suborbital koʻrinishda oʻtadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Shundan soʻng, Starship parvozlari muntazam ravishda har oyda bir marta amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Kutilishicha, 14-parvoz orbital darajaga koʻtariladi. 15-sinov parvozi esa ilk bor Florida shtatidagi kosmodromdan start oladi.

Agar barcha jarayonlar belgilangan reja asosida davom etsa, yil yakuniga qadar Starship yana 6 marta koinotga yoʻl oladi. Gvenn Shotvellning ushbu bayonotlari SpaceX kompaniyasining rekord darajadagi IPO jarayonlari fonida yangradi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar