Zuckerberg Meta kompaniyasini sunʼiy intellektga moslashtirishda xatolarga yoʻl qoʻyganini tan oldi

Meta kompaniyasi bosh direktori Mark Zuckerberg xodimlarga yoʻllagan murojaatida ijtimoiy tarmoqlar giganti ishchi kuchini sunʼiy intellekt (AI) talablariga moslashtirish jarayonida xatolarga yoʻl qoʻyganini maʼlum qildi. Zuckerberg ichki tuzilmani ushbu texnologiya atrofida qayta qurish uchun yuzlab milliard dollar sarmoya kiritmoqda, bu esa AQSHning yirik texnologik kompaniyalari orasidagi umumiy tendensiyani aks ettiradi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Xizmat eslatmasida Zuckerberg sunʼiy intellekt sohasidagi shiddatli oʻsish va ushbu texnologik bum keltirib chiqargan qiyinchiliklarni bayon etgan. “Oʻzgarishlarning murakkabligini hisobga olsak, biz xatolarga yoʻl qoʻydik va kelajakda ham bunday holatlar boʻlishi ehtimoli yuqori”, — dedi u va kelgusida tashkiliy oʻzgarishlarda maksimal barqarorlikni taʼminlashga eʼtibor qaratishini qoʻshimcha qildi.
“Men boʻsh vaʼdalar berishni xohlamayman, chunki dunyo biz nazorat qila olmaydigan darajada oʻzgarmoqda”, — deya taʼkidladi Zuckerberg. Shuningdek, u Meta joriy yilda yangi ommaviy qisqartirishlarni rejalashtirmayotganini tasdiqladi. Kompaniya global miqyosda xodimlarining 10 foizini ishdan boʻshatib, 7000 nafar xodimni AI bilan bogʻliq yangi yoʻnalishlarga oʻtkazgan edi.
Zuckerbergning soʻzlariga koʻra, yangi muhim lavozimlarning yaratilishi jamoalar tarkibini optimallashtirishga yordam bergan. Bu esa, agar maʼlum sohalarda xatolik yuz bersa, xodimlarni avvalgi pozitsiyalariga qaytarish imkonini beradi. Meta vakillari Reuters agentligining ushbu memorandum boʻyicha soʻroviga izoh berishdan bosh tortishdi.






























Izohlar 0
…