Google yangi texnologiyalarni joriy etish orqali Nyu-Yorkda turmush sharoitlarini yaxshilash bilan shug‘ullanmoqchiligini e’lon qildi. Buning uchun mustaqil startap — Sidewalk Labs yaratildi va unga Bloomberg’ning sobiq ijrochi direktori Den Doktoroff rahbar etib tayinlandi. Bu haqda «3dnews.ru»ga asoslanib «Daryo.uz» xabar bermoqda.
Sidewalk Labs’ning ilk qadami Nyu-Yorkda Internetga Wi-Fi orqali tezkor ulanish bilan shug‘ullanuvchi ikki kompaniya — Control Group va Titan Outdoor’ni sotib olishda bosh investor tariqasida qatnashish bo‘ldi. Shundan so‘ng ularning barchasi Intersection nomli yangi kompaniyaga birlashtirildi.
Ushbu kompaniyaga taksofon va avtobus bekatlaridan Wi-Fi-punktlari o‘rnida foydalanishni ko‘zda tutuvchi LinkNYC nomli loyihani amalga oshirish topshirildi. Yangi punktlarning vazifalari qatoriga mamlakat ichida bepul qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish, mobil telefonlarni quvvatlantirish, ekranlarda shahardagi xizmatlar to‘g‘risida axborot berish va boshqalar ham kiradi.
Shaharda 10 000 tacha shunday punkt joylashtirilishi ko‘zda tutilgan. Loyihani amalga oshirish yil oxirigacha yakuniga etkaziladi. Agar u muvaffaqiyatli chiqsa, AQShning boshqa shaharlarida ham bu tajriba ommalashtiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi