Nokia sun’iy intellektli tugmachali telefonlar bilan qaytdi

Nokia brendi yangi avlod tugmachali telefonlari bilan yana bozorga chiqdi. HMD Global kompaniyasi to‘rtta modelni e’lon qildi: Nokia 200 4J, Nokia 210 4J, Nokia 215 4J ikkinchi avlod va Nokia 235 4J ikkinchi avlod.
Yangi telefonlarda ovozli buyruqlarni qabul qiladigan sun’iy intellekt yordamchisi mavjud. U telefon daftaridan kerakli kontaktni topib qo‘ng‘iroq qilishi, fonarni ishga tushirishi, uyg‘otgichni belgilashi va bir qator boshqa vazifalarni bajara oladi.
Nokia 200 4J esa kompaniyaning avvalgi tugmachali modellaridan farq qiladi. Telefonga old kamera o‘rnatilgan va u video qo‘ng‘iroq imkoniyatiga ega.
HMD Chat xizmati orqali ushbu qurilmadan smartfon ishlatadigan odamlarga ham video qo‘ng‘iroq qilish mumkin. Bu Nokia brendi ostidagi tugmachali telefonlar uchun ilk shunday yechim hisoblanadi.
Kompaniya yangi modellar orqali oddiy boshqaruvni saqlab qolgan holda, tugmachali telefonlarga zamonaviy funksiyalarni qo‘shishni maqsad qilgan.































Izohlar 0
…