09:20 / 13.05.2017
6 318

Isroil kompaniyasi 5 daqiqada zaryadlay oluvchi yangi batareyani ishlab chiqdi

Isroil kompaniyasi 5 daqiqada zaryadlay oluvchi yangi batareyani ishlab chiqdi
Isroilning StoreDot kompaniyasi muhandislari shu kunlarda Berlinda bo‘lib o‘tayotgan CUBE Tech Fair ko‘rgazmasida yangi FlashBattery texnologiyasini namoyish etishdi. Yangi texnologiya elektromobilni atigi 5 daqiqada zaryadlash imkonini beradi, deb yozadi Kun.uz nashri.

Batareya o‘ta tezkor quvvatni ta’minlovchi nanomateriallar va patentlangan organik birikmalar qatlamlaridan tashkil topgan. Kompaniya ushbu rolikda akkumulyator qanday tuzilishga ega ekanini ko‘rsatib bergan.

Akkumulyator ishlab chiqarishning ko‘plab zamonaviy tendensiyalari katta masofani bosib o‘tishga yo‘naltirilgan bir paytda FlashBattery zaryad tezligiga urg‘u beradi. Bir martalik zaryaddan keyin mashina 500 kilometrni bosib o‘ta oladi. Ta’kidlash joizki, Tesla kompaniyasining SuperCharger stansiyalari avtomobil akkumulyatorini to‘liq zaryadlashi uchun taxminan 75 daqiqa sarflanadi.

StoreDot'da ta’kidlanishicha, FlashBattery elektromobillarda qo‘llanuvchi aksariyat zamonaviy batareyalarga nisbatan xavfsiz.

StoreDot hozirda o‘z texnologiyasini smartfonlarda qo‘llash imkonini o‘rganib chiqmoqda.

Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, yangi batareyalar uch yil ichida bozorga chiqadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Isroil kompaniyasi 5 daqiqada zaryadlay oluvchi yangi batareyani ishlab chiqdi