Apple kitoblar narxini oshirgani uchun 450 million dollar jarima to‘laydi

Apple kitob noshirlari bilan kelishish uchun pul to‘lab kelgani to‘g‘risidagi ish bo‘yicha apellyasiyada yutqazdi. Bu haqda Hi-tech.mail.ru’ga tayanib Daryo.uz’ning xabar berishicha, avval e’lon qilingan da’volarga asosan, kompaniya 450 million dollar miqdorida kompensasiya puli to‘lashga majbur bo‘ladi.
Kompensasiya pulining yakuniy miqdori apellyasiya ishining natijalariga bog‘liq edi. Apple apellyasiya ishida muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, 450 million dollar to‘lashga majbur bo‘lishi o‘shandayoq ma’lum bo‘lgandi.
Agar sud Apple AQSh aksilmonopol qonunchiligini buzmagan deb topganida edi, kompaniya har qanday jarimadan qutilib qolardi. Biroq sud Apple elektron kitob noshirlari bilan kelishib, kitoblar narxining sun’iy oshishiga sabab bo‘lgani, oxir-oqibat bundan xaridorlar zarar ko‘rgani haqida xulosa qildi.
AQSh Federal apellyasiya sudi qaroriga muvofiq, Apple to‘laydigan jarimaning asosiy miqdori zarar ko‘rgan xaridorlarga yo‘naltiriladi. Avvalroq aynan shu ish bo‘yicha kitob noshirlari xaridorlarga 166 million dollar kompensasiya puli to‘lagan edi.
Apple’ning o‘zi sudning mazkur qarorini mutlaqo noto‘g‘ri deb hisoblamoqda. «Sud innovasiyalar va iBooks Store xaridorlarga taklif qilngan tanlovni tan olmayotganidan afsusdamiz», – deyiladi kompaniya bayonotida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing