2GIS ilovasida GPS signalisiz ishlaydigan yangi navigatsiya rejimi paydo boʻldi

TASS nashri tarqatgan maʼlumotlarga koʻra, mashhur 2GIS geoservisi sunʼiy yoʻldosh signallari vaqtincha yoʻqolgan sharoitda ham harakat yoʻnalishini toʻgʻri koʻrsatib borish imkonini beruvchi inertial navigatsiya rejimini ishga tushirdi. Ushbu texnologiya GPS, GLONASS va BeiDou tizimlari ishlamay qolgan hududlarda ham foydalanuvchilarga manzilga adashmasdan yetib borishda yaqindan yordam beradi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Maʼlumki, mazkur ilova odatda oʻz pozitsiyasini aniqlash uchun standart sunʼiy yoʻldosh tarmoqlaridan foydalanadi. Sifat pasaygan paytlarda esa aniqlikni oshirish maqsadida Wi-Fi va Bluetooth tarmoqlari maʼlumotlari ham ishga solinardi. Endilikda ushbu manbalar qatoriga zamonaviy smartfonlarning oʻrnatilgan datchiklari ham qoʻshildi.
Inertial navigatsiya qanday ishlaydi
Yangi rejim qurilmadagi akselerometr va giroskop kabi ichki datchiklarning imkoniyatlariga tayanadi. Xususan, akselerometr qurilmaning tezlanishini qayd etib, harakat tezligini aniqlashga yordam beradi. Giroskop esa harakat yoʻnalishi va burilishlarni kuzatib boradi.Ilova shu tarzda olingan koʻrsatkichlar, oxirgi maʼlum boʻlgan geopozitsiya hamda raqamli xarita maʼlumotlarini oʻzaro tahlil qiladi. Natijada sunʼiy yoʻldosh bilan barqaror aloqa tiklanmaguncha ham foydalanuvchining turgan joyi uzluksiz hisoblab boriladi.
Qaysi holatlarda juda qoʻl keladi?
Mazkur texnologiya ayniqsa GPS tizimi zaif ishlaydigan yoki umuman ishlamaydigan murakkab hududlarda juda foydali hisoblanadi. Jumladan, haydovchilar va piyodalar quyidagi joylarda ushbu funksiyaning afzalliklarini his qilishlari mumkin:- Tonnellar ichida harakatlanganda
- Yer osti avtoturargohlarida
- Binolar zich joylashgan yirik shahar markazlarida






























Izohlar 0
…