Pluton sayyorasining qora dog‘li yangi suratlari olimlarni o‘ylantirib qo‘ydi

New Horizons fazoviy qurilmasi Pluton mitti sayyorasining navbatdagi rangli suratlarini uzatdi. Bu haqda «Korrespondent.net»ga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.
Kuzatuvlar tarixidagi eng aniq rangli fotosuratlarda sayyora ekvatori bo‘ylab g‘ayrioddiy qora dog‘larni ko‘rish mumkin. Dog‘larning bir tekis joylashgani va ular orasidagi masofalarning teng ekanligi olimlarni o‘ylantirib qo‘ydi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, har bir dog‘ning hajmi 480 kilometrga teng. «Bu haqiqiy sir bo‘lib turibdi – biz bu dog‘lar nima ekanligini bilmaymiz, lekin sabrsizlik bilan bu sir ochiladigan onlarni kutyapmiz», – dedi missiya rahbari Alan Shtern.
New Horizons qurilmasi Pluton va uning eng yirik yo‘ldoshi – Xaronning rangli suratlarini 20 iyun kuni Erga uzatgan edi. Bundan tashqari, stansiya Pluton va uning yo‘ldoshlari – Xaron, Nikta va Gidraning oq-qora suratlarini ham olgan.
New Horizons sayyoralararo avtomatlashtirilgan stansiyasi 2015 yilning 14 iyul kuni Plutonga minimal masofa – 12,5 ming kilometrgacha yaqinlashishi kutilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing