13:31 / 02.06.2017
6 616

Fotojamlanma: Google'ning Londondagi yangi shtab-kvartirasi

2018 yilda Londonda Kings-Kross vokzali yaqinida Google'ning yangi shtab-kvartirasi qurila boshlaydi. Kompaniya 2013 yilda AHMM loyihasidan voz kechganidan so‘ng yangi rejalar ustida Bjarke Ingels Group va Heatherwick Studios ishladi. TheVerge'ga tayanib Kun.uz sayti shu mavzudagi maqolani va fotojamlanmani taqdim etdi.
Fotojamlanma: Google'ning Londondagi yangi shtab-kvartirasi


Yangi binoda 4 mingdan ziyod kishi ishlaydi. Uning tom qismida bog‘ barpo qilinadi, shu bilan birga u erda yugurish yo‘lakchasi, suzish havzasi, 210 kishiga mo‘ljallangan konferens-zal va do‘konlar qurilishi rejalashtirilgan.



"Bu hudud turli binolar va kengliklarning ajoyib birikmasidir va katta vokzallar, yo‘llar hamda kanallarning bunday uyg‘unligi menga yoqmasligi mumkin emas. Biz ushbu maskan ta’siri ostida Google uchun yangi bino izladik", - deydi dizayner Tomas Xizervik.

Bugungi kunda Amerika kompaniyasining Londondagi filiali xodimlari shahar bo‘ylab tarqalgan bir necha idoralarda ishlaydi. Ularni bir tom ostiga birlashtiruvchi yangi bino AQSh tashqarisida Google uchun ishlab chiqilgan va unga tegishli bo‘lgan birinchi inshoot bo‘ladi.



arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Fotojamlanma: Google'ning Londondagi yangi shtab-kvartirasi