date

Facebook shamol energiyasida ishlaydigan ma’lumotlarni qayta ishlash markazini quradi

Facebook shamol energiyasida ishlaydigan ma’lumotlarni qayta ishlash markazini quradi

Facebook ijtimoiy tarmog‘i to‘liq shamol energiyasida ishlovchi ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash markazini qurishini e’lon qildi. Bu haqda Associated Press axborot agentligiga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Katta miqyosdagi bu qurilish uchun Texas shtatining Fort-Uort shahri tanlab olindi. Loyihani amalga oshirish uchun kompaniya 500 mln dollar ajratadi. Qurilish tugagandan keyin ob’ektning umumiy maydoni 450 ming kv metrni tashkil qiladi.

Facebook ning beshinchi sondagi bu yangi ma’lumotlarni qayta ishlash markazi dunyodagi eng zamonaviy markazlardan biri bo‘ladi va umumiy miqdori 1,4 mlrd ga etadigan o‘z foydalanuvchilari uchun ma’lumotlar bilan almashish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Markazda boshlang‘ich bosqichda 40 kishi ishlashi rejalashtirilmoqda.

Fort-Uortda quriladigan bu yangi markaz Facebook uchun AQSh hududidagi 4-markaz bo‘ladi, yana uchta markaz Oregon, Ayova va Shimoliy Karolina shtatlarida joylashgan. Kompaniyaning xorijdagi yagona markazi Shvesiyada joylashgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Facebook shamol energiyasida ishlaydigan ma’lumotlarni qayta ishlash markazini quradi